Rossiyada “zapravka” portlab ketdi. Qurbon va jabrlanganlar bor (video)

Olam

image

Bugun, 14 iyun kuni Rossiyaning Novosibirsk o‘lkasining Oktyabr rayonidagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida yong‘in chiqqan va kattagina portlash yuz bergan. Bu haqda TASS yozmoqda.
 
Ma’lum qilinishicha, avtomobilga yoqilg‘i quyish paytida yong‘in chiqqan va bir avtomobil hamda yuk mashinasi yonib ketgan. So‘ngra, 4-5 ta portlash sodir bo‘lgan, oqibatda alanga ko‘lami 1000 kvadrat metrdan ziyod maydonga yoyilgan.

Hodisa oqibatida 21 kishi jarohatlangan, yoqilg‘i quyish shoxobchasining bir hodimi halok bo‘lgan. Yana 5 kishining ahvoli og‘ir. 

Xabarga ko‘ra, holat yuzasidan Rossiya Federatsiyasining Jinoyat kodeksi 238-moddasi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Prokuratura tekshirish ishlarini olib bormoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

255

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing