Rossiyada yurayotgan poyezdga chiqmoqchi bo‘lgan erkak oyog‘idan ayrildi (video)
Olam
−
24 avgust
10773Rossiyaning Nijniy Novgorod shahrida ketayotgan poyezdga o‘tirmoqchi bo‘lgan erkak qoqilib ketishi oqibatida oyog‘idan ayrildi. Bu haqda “Baza” xabar berdi.
Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan videoda uch erkak allaqachon harakatlanayotgan vagonga sakrashga urinayotganini ko‘rish mumkin. Ulardan biri zinapoyaga muvaffaqiyatli sakrashga muvaffaq bo‘lgandan so‘ng, boshqa bir kishi buni qilishga harakat qiladi. Biroq erkak muvozanatni yo‘qotib, platforma va poyezd orasidagi bo‘shliqqa tushib ketadi.
Yo‘lovchi shifoxonaga yotqizilgan. Olingan jarohat oqibatida oyog‘ining pastki qismi kesib tashlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Moskva metrosida erkak sevgilisini poyezd ostiga tashlab yuborgandi.
LiveBarchasi