Rossiyada yo‘lovchi avtobusi portlab ketdi (video)

Olam

image

Kecha, 12 avgust kuni Rossiyaning Voronej shahrida yo‘lovchi avtobusi portlab ketdi. Oqibatida kamida 15 kishi jarohatlanib, bir ayol reanimatsiya bo‘limida vafot etdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, ichida 35 kishi bo‘lgan avtobus bekatda turgan vaqtida portlagan. 

“Avtobus bekatda turgandi. Endi yo‘lga chiqmoqchi edim — gumbur-gumbur, oynalar, tutun, nima bo‘lganiga tushunmay qoldim”, deydi avtobus haydovchisi Aleksey Oleynikov.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi portlashga dastlab gaz uskunasining nosozligini sabab qilib keltirdi, ammo keyinroq avtobus dizelda yurishi ma’lum bo‘ldi. Ta’kidlanishicha, avtobus ko‘pi bilan bir oy avval texnik ko‘rikdan o‘tgan.

Voronej viloyati gubernatori Aleksandr Gusev Voronejdagi barcha avtoparklarni tekshirishni buyurdi. 

“Ertadan Voronejning barcha oxirgi bekatlarida yo‘lovchi transportini tekshirish boshlanadi. Haydovchilar yo‘lovchilarni har qanday yot narsalarga e’tibor qaratish haqida xabardor qiladi. Barcha avtobazalarda transport vositalari puxtalik bilan ko‘rikdan o‘tkaziladi”, deydi Gusev.

Tergov qo‘mitasi yo‘lovchi tashish bo‘yicha talabga javob bermaydigan xizmat ko‘rsatilgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

302

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing