Rossiyada YouTube deyarli bloklandi
Olam
−
23 dekabr 2024 9284 1 daqiqa
Bugun, 23 dekabr kuni Rossiyada YouTube'ga kirish imkoniyati 20 foizga tushdi. Bu haqda Ixbt xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, videoxosting trafigining hajmi normal holatning 20 foizigacha tushib ketgan. Google monitoring xizmati Rossiya Federatsiyasidan kelgan trafik uchun 8,5 ballni ko‘rsatgan, aholining 4/5 qismi saytga kira olmaydi.
Ko‘plab odamlar YouTube'ning ushbu sekinlashuvini bloklash bilan tenglashtirgan.
Ma’lumot uchun, YouTube Rossiyada bir necha oydan beri majburiy ravishda sekinlashtirilmoqda. Bunga sabab sifatida platformaning bir qator qonunlarni buzgani va Rossiya OAV va san’atkorlarining akkauntlarini o‘chirib tashlashi ko‘rsatilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq YouTube platformasi Rossiyadagi mobil qurilmalarda cheklovlarsiz ishlay boshlagani xabar qilingandi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust