Rossiyada YeIning 81 ta OAVsi bloklandi

Olam

image

Rossiya mamlakat hududida Yevropa Ittifoqining o‘nlab ommaviy axborot vositalariga kirish imkoniyatini chekladi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Vazirlik taqdim qilgan ro‘yxatga 81 ta nashr va agentlik kiritilgan. Ular orasida “Agence France-Presse”, “Politico”, “La Stampa”, “La Repubblica”, “El Pais”, “El Mundo”, “Der Spiegel” singari ommaviy axborot vositalari bor.

Qayd etilishicha, ushbu taqiqlar Rossiyaning “RIA Novosti”, “Izvestiya” va “Rossiyskaya gazeta” nashrlarining Yevropa Ittifoqidagi eshittirishlarini taqiqlanishiga javoban amalga oshirilmoqda.

“Siyosiy sabablarga ko‘ra, bir necha bor mahalliy jurnalistlar ta’qib qilinishi hamda Rossiya OAVlariga Yevropa Ittifoqi hududidagi asossiz taqiqlar e’tibordan chetda qolmasligi haqida Rossiya alyansni ogohlantirdi”, deyiladi Rossiya Tashqi ishlar vazirligi xabarida.

Ro‘yxatga 25 davlatning OAVlari kiritilgan. Ular orasida Germaniyaning “Die Zeit” jurnali, Polshaning “Belsat” telekanali, Fransiyaning “Le Monde” va “Liberation” gazetalari, “EUobserver” internet nashri, Shvetsiyaning SVT teleradiokompaniyasi ham bor. Tashqi ishlar vazirligining qo‘shimcha qilishicha, agar Rossiya ommaviy axborot vositalariga qo‘yilgan cheklovlar olib tashlansa, rasmiy Moskva ham ko‘rsatilgan media nashrlarga nisbatan o‘z qarorini qayta ko‘rib chiqadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada imo-ishora tilining xalqaro lug‘ati bloklangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Evropa Ittifoqi OAV

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing