Rossiyada yana bir yil urushni moliyalashtirish uchun yetarli mablag‘ bor – OAV

Olam

image
0:00
0:00
download

Misli ko‘rilmagan sanksiyalarga qaramay, Rossiya kamida yana bir yil urushni davom ettirish uchun yetarli mablag‘ga ega. Bu haqda Amerika razvedka xizmatining ma’lumotlar sizib chiqishi oqibatida maxfiyligi oshkor etilgan hisobotiga tayanib, “The Washington Post” gazetasi xabar berdi.

Mart oyi boshida tayyorlangan razvedka hisobotiga ko‘ra, Rossiya iqtisodiy elitasining ayrim a’zolari Kremlning Ukraina siyosatiga rozi bo‘lmasada hamda sanksiyalar ularning biznesiga zarar yetkazgan bo‘lsada, ular Vladimir Putinni qo‘llab-quvvatlashdan voz kechishlari dargumon.

Hujjatlar Discord chatida chop etilgan maxfiy ma’lumotlarning sizib chiqishining bir qismidir. AQSHning Massachusets shtati havo milliy gvardiyasi texnik xodimi Jek Teysheyra ushbu ma’lumotlarni oshkor qilganlikda gumonlanib, hibsga olingan. U 15 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.

Tarqalgan ushbu hujjatda aytilishicha, Rossiya hukumati sanksiyalar ta’sirini yumshatish uchun korporativ soliqlarning oshishiga, Milliy boylik jamg‘armasi mablag‘lariga, importning ko‘payishiga, shuningdek, biznesning iqtisodiy bosimni yumshatish uchun moslashish qobiliyatiga umid qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina urush mablag'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing