Rossiyada vafot etgan 17 nafar o‘zbekistonlikning jasadi olib kelindi
Jamiyat
−
22 aprel 2020
31268Joriy yilning 20 aprel kuni Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan Rossiya Federatsiyasida turli baxtsiz hodisalar oqibatida vafot etgan 17 nafar o‘zbekistonlikning jasadlari Vatanga olib kelindi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot kotibi Ortiqxo‘ja Norov ma’lum qildi.
Vafot etganlarning jasadi Rossiya – Qozog‘iston – O‘zbekiston yo‘nalishi bo‘yicha avtomobil transporti orqali olib kelindi. Fuqarolarning jasadlari O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Bojxona qo‘mitasi xodimlari bilan hamkorlikda chegara postidan olib o‘tilib, yashash manzillari bo‘yicha jo‘natildi.
Qayd etilishicha, Rossiya Federatsiyasida vafot etganlarning birortasi koronavirus pandemiyasiga chalinmagan.
LiveBarchasi