Rossiyada o‘zbekistonliklar ishlayotgan bino tomi qulab tushdi. Qurbon bor
Olam
−
15 aprel 2022
10096Rossiyaning Moskva shahrida mehnat migrantlari ishlayotgan bino tomi qulab tushdi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Moskvadagi Brigadirsk ko‘chasida joylashgan binolardan birida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari vaqtida bino tomi qulab tushgan.
“Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi tomonidan o‘rganishlar natijasida ma’lum bo‘lishicha, ta’mirlash ishlarida o‘zbekistonlik mehnat migrantlari bo‘lgan”, deyiladi xabarda.
Hodisa oqibatida bir nafar O‘zbekiston fuqarosi (E.N.) halok bo‘lgan va bir nafari (M.X.) shifoxonaga yotqizilgan.
Xabarga ko‘ra, hozirgi vaqtda vafot etgan fuqaroning jasadini Vatanga qaytarish choralari ko‘rilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Moskvada 100 ga yaqin o‘zbekistonlik maoshini ololmayotgani aniqlangandi. Mazkur holat bo‘yicha huquq-tartibot idoralariga murojaat qilingan.
LiveBarchasi