Rossiyada o‘zbekistonliklar ishlaydigan zavodda yong‘in sodir bo‘ldi (video)

Olam

image
0:00
0:00
download

Bugun, 8 oktyabr kuni Rossiyaning Amur viloyatidagi gazni qayta ishlash zavodida yong‘in yuz berdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, korxonadagi qurilma germetizatsiyasiga putur yetgani natijada gaz sizib chiqishi yong‘inga sabab bo‘lgan. Hodisada hech kim jabrlanmagan. GQZdagi yong‘in bartaraf etilgan. Zavoddan gaz berish to‘xtatilgan.

“Svobodnenskaya shahar prokuraturasi Amur gazni qayta ishlash zavodidagi avariyani tekshirmoqda. Shahar prokurori Olga Smirnova vaziyatga oydinlik kiritish uchun voqea joyiga borgan”, deyiladi xabarda.

Amur viloyati prokuraturasi zavodda sanoat va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha qonunchilik talablariga rioya qilinganini o‘rganmoqda.

Ma’lumot uchun, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi e’lon qilgan xabarlarga ko‘ra, yuzlab o‘zbekistonliklar aynan mana shu zavodda ishlash uchun yuborilgan.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in

Baholaganlar

150

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing