Rossiyada o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtomobil ag‘darilib ketdi

Olam

image

Bugun, 3 aprel kuni Rossiyaning Saratov viloyatida besh nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan avtomobil ag‘darilib ketdi. Oqibatda 3 kishi jabrlanib, shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda viloyat Sog‘liqni saqlash vaziri Oleg Kostin o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 2000 yilda tug‘ilgan erkak boshqaruvidagi Toyota Vellfire  avtomobili yo‘ldan chiqib, ag‘darilib ketgan.

Yo‘lovchilar shifoxonaga yetkazilgan. Ulardan ikki nafarining ahvoli og‘ir. Jabrlanganlar orasida 40 yoshli ayol bosh miya jarohati, ko‘krak qafasi va o‘ng tizza bo‘g‘imlarining yopiq jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan. Shuningdek, 26 yoshli erkakda bosh miya travmasi, ko‘krak qafasining yopiq jarohati, umurtqa pog‘onasi sinishi qayd etilgan.

38 yoshli erkak esa bosh miya jarohati, ko‘krak qafasining yopiq travmasi, bel umurtqasining sinishi bilan jarohatlangan.

Ushbu uch nafar shaxs Rtishevo tumanidagi shifoxonada qolmoqda, ikki nafari – 20 va 39 yoshli erkaklar qoniqarli holatda ambulator davolanishga chiqarilgan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Rossiya o'zbekistonliklar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing