Rossiyada o‘zbekistonlik va shimoliy koreyalik migrantlar janjallashdi (video)

Olam

image

Rossiyaning Primorsk o‘lkasida joylashgan Arsenev shahridagi qurilish maydonida Shimoliy Koreya va O‘zbekiston fuqarolari o‘rtasida mushtlashuv sodir bo‘ldi. Bu haqda “Amur Mash” Telegram-kanali xabar berdi.

Hodisa yangi barpo etilayotgan tog‘-chang‘i kurortida sodir bo‘lgan. Mojaro tushunmovchilik oqibatida yuzaga kelgan va janjal vaqtida taraflar hatto tayoqlardan foydalangan. Biroq janjaldan so‘ng ishchilar o‘z faoliyatlarini davom ettirgan.

Bildirilishicha, O‘zbekiston ishchilari va koreyaliklar nimanidir bo‘lisha olmay qolgan va bu holat keng ko‘lamli mojaro sababiga aylangan. Ishchilar hatto bir-birini temir quvurlar bilan urushgacha borgan.

Hodisa yuzasidan hozircha rasmiy organlar tomonidan aniq ma’lumotlar berilmagan, ammo huquqni muhofaza qiluvchi organlar ushbu mojaro yuzasidan tekshiruv olib borayotganini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Moskva shahridagi kafelardan birida migrantlar mamlakatning xavfsizlik kuchlari tomonidan ayovsiz kaltaklangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya migrant Primorsk

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing