Rossiyada o‘zbekistonlik talaba komaga tushib qoldi
Olam
−
04 Sentabr 2019
5166Rossiyadagi shifoxonada o‘zbekistonlik talaba komaga tushib qolgani haqida ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar tarqalgan edi. Bu ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasman tasdiqladi.
O‘zbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi Moskva shahridagi L.A.Voroxobov nomli 67-son shahar klinik shifoxonasining jonlantirish bo‘limida yotgan Rossiya Xalqlar do‘stligi universiteti talabasi, O‘zbekiston fuqarosi U.Baxronov to‘g‘risida OAVda tarqalgan xabarni tasdiqlagan.
“Vaziyat nazoratga olingan, elchixona xodimlari tibbiyot muassasasida bo‘lib, bemorning yaqinlari, muassasa rahbariyati va davolayotgan shifokorlar bilan uchrashganlar. Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligiga tashxisni aniqlash va muolaja o‘tkazishda qo‘shimcha choralar ko‘rish, jumladan mutaxassislarni jalb qilish iltimosi bilan murojaat qilingan.
Konsullik-huquqiy departamenti eslatib o‘tadiki, Rossiyaning Markaziy federal okrugi (Belgorod viloyati, Bryansk viloyati, Vladimir viloyati, Voronej viloyati, Ivanovo viloyati, Kaluga viloyati, Kastroma viloyati, Kursk viloyati, Lipetsk viloyati, Moskva shahri, Moskva viloyati, Orlov/Oryol viloyati, Ryazan viloyati, Smolensk viloyati, Tambov viloyati, Tver viloyati, Tula viloyati, Yaroslav viloyati) va Armaniston hududidagi O‘zbekiston fuqarolari zarur vaziyatlarda Moskva shahridagi elchixonaga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkin: +7 499 230-00-76, +7 499 238-36-20.
LiveBarchasi