Rossiyada o‘zbekistonlik taksichi yosh qizni zo‘rlashda gumonlanmoqda
3-sahifa
−
13 avgust 6583 1 daqiqa
Rossiyaning Leningrad viloyatida taksichilik bilan shug‘ullanuvchi 26 yoshli o‘zbekistonlik migrant 16 yoshli qizni zo‘rlashda gumonlanmoqda. Bu haqda “Gazeta” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, haydovchi o‘z mashinasining salonida voyaga yetmagan qizga nisbatan zo‘ravonlik qilib, u bilan jinsiy aloqada bo‘lgan. Jabrlanuvchining otasiga ko‘ra, voqea joriy yilning 11 avgust kuni tushdan keyin Sertolovo shahridagi hududda yuz bergan.
Gumonlanuvchi ertasi kuni qo‘lga olingan. U tekshirilgan va ma’lum bo‘lishicha, migrant migratsiya xizmatida ro‘yxatga olinmagan. Erkak tergov izolyatorida joylashtirilgan. Hozirda jinoiy ish qo‘zg‘atish masalasi ko‘rilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya poytaxti Moskva shahridagi poliklinikada ishlovchi o‘zbekistonlik tibbiyot xodimi (erkak) 16 yoshli o‘smirga nisbatan zo‘ravonlik harakatlari sodir etganlikda gumonlanayotgani xabar qilingandi.
Live
Barchasi