Rossiyada o‘zbekistonlik migrantlarga maoshi berilmay, yotoqxonadan majburiy chiqarib yuborilmoqda
Olam
−
06 dekabr 2019
5728Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik mehnat migrantlarining maoshlari berilmayotgani va yotoqxonadan majburiy chiqarib yuborilayotgani to‘g‘risida 3 dekabr kuni tarqalgan xabarlarga TIV munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, tarqalgan murojaat bo‘yicha O‘zbekistonning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasi va O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiyadagi Vakolatxonasi xodimlari Kolpino shahriga borib tekshirgan.
O‘zbekistonliklar va ICA Construction kompaniyasining mas’ul xodimlari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda Sankt-Peterburgdagi o‘zbekistonlik migrantlarning manfaatlarini himoya qilish hamda mavjud muammolarni hal qilish bo‘yicha aniq kelishuvlarga erishilgan.
Ta’kidlanishicha, vaziyat Bosh konsulxona nazoratida.
Shahnoza To‘ramurotova
LiveBarchasi