Rossiyada o‘zbekistonlik migrantlar barga hujum qildi (video)

Olam

image

Rossiyaning Moskva shahri sharqiy qismidagi barlardan biriga 30 ga yaqin o‘zbekistonlik migrantlar hujum uyushtirdi. Bu haqda “Baza” xabar berdi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, shu yilning 11 may sanasiga o‘tar kechasi tibbiy niqob taqib olgan 30 ga yaqin o‘zbekistonlik migrantlar “Monroe” kafesiga bostirib kirib, u yerdagi narsalarni sindirib, tartibsizlik chiqargan. Shuningdek, ular barning uch nafar xodimini kaltaklab, bir xodimni pichoqlagan, yana birining qovurg‘asini sindirgan, homilador ayolning qorniga bita bilan urib, telefonlarni o‘g‘irlagan. 

Bir necha soatdan keyin barga hujum qilishda gumonlanganlarning bir qismi Podolsk va Kommunarkada qo‘lga olindi.

Hujumning sababi sifatida bir necha kun oldin yuz bergan mojaro ko‘rsatilgan. O‘shanda kafeda dam olayotgan migrantlar boshqa tashrif buyuruvchilar bilan janjallashib, stol va idish-tovoqlarni sindirgan va buning uchun 30 ming rubl jarima ham to‘lagan. Hozirgi hujum esa qasos olish maqsadida qilingani aytilmoqda. Guruh a’zolarining bir qismi qo‘lga olingan, qolganlari esa qochib qolishga muvaffaq bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya o'zbekistonlik migrantlar barga hujum

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing