Rossiyada o‘zbekistonlik migrant ustiga futbol darvozasi tushib ketdi

Jamiyat

image

Rossiyada ishlab yurgan o‘zbekistonlik migrantning ustiga futbol darvozasi tushib ketdi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Jizzax viloyatida yashovchi E.I. Rossiyaning Amur viloyati Svobodniy shahriga 2022 yilning sentyabr oyida qurilish sohasida ishlash maqsadida borgan. Ishdan tashqari paytda yiqilib, ustiga futbol darvozasi tushib ketgan. Shundan keyin og‘ir tan jarohati olgan E.I. zudlik bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, fuqaroning umurtqa pog‘anasi va orqa miyasi jarohatlangan. Biroz ahvoli yaxshilangach, Xabarovsk-Toshkent yo‘nalishidagi aviareysga chipta olib berilib, vatanga jo‘natilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made