Rossiyada o‘zbekistonlik migrant terakt haqida yolg‘on xabar berganlikda ayblanib, qo‘lga olindi
3-sahifa
−
05 iyun
4968Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida terakt haqida yolg‘on xabar bergan o‘zbekistonlik erkak qo‘lga olindi. Bu haqda “Komsomolskaya Pravda” xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 3 iyun kuni Sankt-Peterburg politsiyasiga xavotirli xabar kelib tushgan. Noma’lum shaxs Moiseyenko ko‘chasidagi Ichki ishlar vazirligining binosini portlatib yubormoqchi bo‘lganini aytgan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari bino va uning atrofidagi hududni ko‘zdan kechirib, xavfli hech narsa topmagan. Hech qanday evakuatsiya bo‘lmagan. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, yolg‘on tahdidni 35 yoshli ishsiz O‘zbekiston fuqarosi yuborgan.
“Hozirda huquq-tartibot idoralari xodimlari uni qo‘lga olgan. Unga nisbatan terrorchilik akti haqida yolg‘on xabar berish moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi