Rossiyada o‘zbekistonlik quruvchi yigit ish joyida o‘lik holda topildi
3-sahifa
−
03 Fevral 2025 20469 1 daqiqa
Rossiyaning Leningrad viloyatidagi qurilish maydonchasida o‘zbekistonlik ishchining jasadi topildi. Bu haqda “47 kanal” xabar berdi.
Qayd etilishicha, kecha, 2 fevral kuni Vsevolojsk tumani politsiyasiga Tyulpan ko‘chasidagi qurilish ob’ektida 23 yoshli O‘zbekiston fuqarosining jasadi topilgani haqida xabar berilgan. Yigit yangi qurilayotgan binoning 16-qavatida yotgan holda aniqlangan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, marhum mazkur ob’ekt qurilishida oddiy ishchi sifatida ishlagan, biroq Leningrad viloyatida rasmiy ro‘yxatdan o‘tmagan.
Hozirda o‘lim sabablarini aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan, tergovchilar hodisa yuzasidan tekshiruv olib bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham taxminan soat 23:30 da Rossiyaning Leningrad viloyatining Kingisepp tumanidagi Ust-Luga qishlog‘i yaqinida joylashgan Krakole kvartalida metall konstruksiyalarni yig‘uvchi bo‘lib ishlagan 42 yoshli O‘zbekiston fuqarosi taxminan 30 metr balandlikdan qulab tushib, vafot etgandi.
Live
BarchasiBAAdagi YTHda 14 kishi halok bo‘ldi
13 Noyabr