Rossiyada o‘zbekistonlik gvardiya xodimiga o‘t ochdi (video)
3-sahifa
−
24 fevral 2023
217061972 yilda tug‘ilgan o‘zbekistonlik erkak Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida gvardiya xodimini o‘qqa tutdi. Bu haqda “78 NOVOSTI” xabar berdi.
Qayd etilishicha, voqea bugun, 24 fevral kuni mahalliy vaqt bilan soat 11:30 atrofida Sankt-Peterburg markazidagi “Gostiniy dvor” metro bekatida sodir bo‘lgan. Shahar markazigacha taksida kelgan gumondor metroga kiraverishda ovoz kuchaytirgichda musiqa qo‘ygan. Milliy gvardiya xodimlari unga yaqinlashganda, u qurol olib, ulardan biriga qaratib o‘q uzgan.
Keyinchalik u qo‘lga olinib, politsiya bo‘limiga olib ketilgan. Unga nisbatan “Ichki ishlar organi xodimining hayotiga tajovuz” moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Shuningdek, guvohlar huquqbuzar shishaga o‘xshash tushunarsiz buyumni metro tomon tashlab, yugurib ketgani, politsiyachi uning orqasidan quvib ketganda o‘q ovozi yangraganini aytgan. Metrodan chiqish joyi o‘rab olingan. Jinoyatchining yonidan ikkita qurol va patronlar chiqqan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Moskvada o‘zbekistonlik va tojikistonlik migrantlar ishtirokida miting o‘tkazilgani aytilgandi.
Alibek Beyjanov
LiveBarchasi