Rossiyada o‘zbekistonlik erkak YTH oqibatida halok bo‘ldi
3-sahifa
−
24 iyul 2023
4937Rossiyaning Leningrad viloyati Shlisselburg shahrida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi. Bu haqda “78.ru” sayti ma’lum qildi.
Joriy yilning 22 iyul kuni soat 20:00 lar atrofida Krasniy prospektida 30 yoshli erkak Honda rusumli mashinasi bilan velosipeddagi 30 yoshli O‘zbekiston fuqarosini urib yuborgan. Jabrlanuvchi olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.
Haydovchi mashinani mast holatda boshqargani aniqlangan. Bungacha u yo‘l harakati qoidalarini buzgani uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Tatariston Respublikasi hududida 1998 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi Kama daryosiga cho‘kib ketib, vafot etgandi.
LiveBarchasi