Rossiyada o‘zbekistonlik erkak keksa ayolni pichoqladi
3-sahifa
−
06 avgust
7366Rossiyada o‘zbekistonlik erkak keksa ayolga 23 marta pichoq bilan zarba berdi. Bu haqda “Komsomolskaya pravda” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, jinoyat 2023 yil 20 noyabrda Ulyanovsk viloyati Dimitrovgrad shahrining Dimitrov ko‘chasidagi uyning kirish qismida sodir bo‘lgan. O‘zbekistonlik erkak mast holatda ko‘p qavatli uyning kirish joyida jabrlanuvchining orqasidan borib, keksa ayolga hujum qilgan va pichoq bilan tana qismiga 23 marta zarba bergan.
Shuningdek, ayblanuvchi jabrlanuvchining mol-mulkini olib qochib ketgan. Ayol voqea joyida vafot etgan.
Kirish joyiga o‘rnatilgan kameralar yordamida erkakning shaxsiga aniqlik kiritilgan. O‘zbekistonlikning yashash joyi tintuv qilinganda o‘g‘irlangan narsalar topilgan.
“Tergov davomida erkak hibsda saqlangan. Endilikda jinoyat ishi sudga topshirildi”, deyiladi xabarda.