Rossiyada o‘zbekistonlik erkak qotillikda gumonlanib, ushlandi
3-sahifa
−
23 noyabr 2023
5910Rossiyaning Dimitrovgrad shahrida o‘zbekistonlik erkak keksa ayolni o‘ldirish va tunab ketishda ayblanib, qo‘lga olindi. Bu haqda “Komsomolskaya Pravda” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Rossiya Tergov qo‘mitasining Ulyanovsk viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari talonchilik va qotillikda gumonlangan 59 yoshli O‘zbekiston fuqarosini hibsga olgan.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 20 noyabr kuni Dimitrov ko‘chasida joylashgan uyning kiraverishida o‘zbekistonlik erkak keksa ayolga hujum qilib, unga bir necha marta pichoq urib, sumkasini o‘g‘irlab ketgan. Ayol olgan jarohatlari tufayli shu kuni shifoxonada vafot etgan.
Aniqlik kiritilishicha, mazkur jinoyatni sodir etganlikda ayblanayotgan O‘zbekiston fuqarosi ushbu mamlakat hududida noqonuniy yashab kelayotgan bo‘lgan. Shu boisdan ham hozirda tergovchilar unga nisbatan qamoqqa olish chorasi qo‘llanilishini talab qilmoqda. Holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Bundan tashqari, migratsiya xizmati va profilaktika organlari xodimlarining e’tiborsizligi yuzasidan ham tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Astraxan shahrida O‘zbekiston fuqarosi o‘z tanishlarini o‘ldirish va suiqasd qilishda ayblanayotgani haqida xabar berilgan edi.
LiveBarchasi