Rossiyada o‘zbekistonlik erkak axlatxonadan 65 ming dollar topib oldi
Jamiyat
−
26 may 2023
60949Rossiyaning Moskva shahrida o‘zbekistonlik erkak axlatxonadan 65 ming dollar topib olib, uni egasiga qaytarib berdi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati xabar qildi.
Voqea qahramonining so‘zlariga ko‘ra, u Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani Yangiqo‘rg‘on qishlog‘ida tug‘ilgan va 14 yildan buyon Rossiyaga borib mavsumiy ishlab qaytadi.
Uning aytishicha, voqea sodir bo‘lgan kuni bir ayol qo‘ng‘iroq qilib, uni ishga taklif qilgan. Aytilgan joyga borganida ayol oshxonadagi keraksiz narsalarni konteynerga solib, tashqariga olib chiqishini tayinlagan. U aytilgan ishni bajarib bo‘lib, uyiga qaytganidan so‘ng, o‘sha kuni soat 23:00 lar atrofida ayol yana qo‘ng‘iroq qilib, uyining hujjatlari ham axlatga chiqib ketganini aytgan va unga hujjatni qidirib topishi uchun ikki baravar xizmat haqi taklif qilgan.
Erkak beshta axlat konteynerining birini qidirish jarayonida 5 million rubl (65 ming dollar) pul borligini ko‘rgan.
“Pulni oldik. Qochib ketsak ham bo‘lardi, lekin qochib qayerga boramiz? Hujjatlarimiz ishxonamizda, bu pul bizga tegishli ham emas”, deydi erkak.
Unga pullarni egasiga qaytargani uchun ishxonasidan 100 ming rubl mukofot puli berilgan. Shuningdek, fuqarolik pasporti va hovli berishni ham taklif qilishgan. Biroq, erkak hamma narsasi yetarli ekanini aytib, takliflarni rad etgan.
LiveBarchasi