Rossiyada o‘zbekistonlik erkak 78 yoshli ayolga tajovuz qilishda ayblanib, izolyatorga joylashtirildi
3-sahifa
−
08 iyun
7039Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida o‘zbekistonlik erkak 78 yoshli pensionerga jismoniy tajovuz qilganlikda ayblanmoqda. Bu haqda “Izvestiya” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, nafaqadagi ayolning o‘g‘li 33 yoshli o‘zbekistonlik erkak bilan do‘st bo‘lgan. Joriy yilning 6 iyun kuni ayol o‘z xonasida uxlab yotganida, erkak unga nisbatan jinsiy tajovuz qilgan.
Hodisadan so‘ng jabrlanuvchining o‘g‘li politsiyaga murojaat qilgan. Tergovdan oldingi tekshiruv vaqtida huquq-tartibot idoralari xodimlari hujum qilgan shaxs o‘zbekistonlik ishsiz erkak ekani, u ro‘yxatdan o‘tmagani aniqlangan.
“Hozirda erkak izolyatorga joylashtirilgan, unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atish masalasi hal qilinmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada voyaga yetmagan bolalarga jinsiy harakatlar qilganlikda ayblangan o‘zbekistonlik qo‘lga olingandi.
LiveBarchasi