Rossiyada o‘zbekistonlik enaga chaqaloqning o‘limida ayblanmoqda

3-sahifa

image

Rossiyada 24 yoshli o‘zbekistonlik enaga 6 oylik chaqaloqning o‘limida ayblanmoqda. Bu haqda “78.ru” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea  joriy yilning 15 oktyabr kuni Sankt-Peterburg shahrida sodir bo‘lgan. Ota-ona olti oylik chaqalog‘ini enaga qaramog‘iga tashlab ketgan. Qiz bolani cho‘miltirayotganda bola uning qo‘lidan tushib ketgan va boshini vannaga urgan. Avvaliga enaga bolaning isitmasi borligini aytib, unga “Nurofen” dorisini bergan. Shundan so‘ng chaqaloq talvasaga tusha boshlagan va hushini yo‘qotgan. Enaga tez yordam chaqirgan, ammo shifokorlar klinik o‘lim holatida kasalxonaga yotqizilgan bolani saqlab qola olmagan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, fojiaga bosh va bosh suyagining to‘mtoq jarohati sabab bo‘lgan.

Ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda, ayblanuvchiga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llash masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri Nevskiy tumanida olti yoshli qizni urib yuborgan o‘zbekistonlik haydovchiga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya o'lim enaga

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made