Rossiyada o‘zbekistonlik 15 yoshli qiz va 19 yoshli tojikistonlik yigitning jasadi topildi

3-sahifa

image

Rossiyada o‘zbekistonlik 15 yoshli qiz va tojikistonlik 19 yoshli yigitning jasadi topildi. Bu haqda “Megapolisonline” xabar bermoqda.

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri yaqinidagi Ust-Ijor qishlog‘i hududidagi daraxtzorlardan mahalliy aholi o‘zbekiston va tojikistonlik ikki o‘smirning jasadi topgan. 

Ma’lum qilinishicha, jasadlar 10 iyul kuni shahar atrofidagi ko‘chalardan birining temiryo‘l kesishmasidan yuz metr uzoqlikdan topilgan. 

Aniqlanishicha, 15 yoshli o‘zbekistonlik qizning ota-onasi Sankt-Peterburgda ro‘yxatdan o‘tmay yashab keladi. 

Qizning onasining aytishicha, 9 iyul kuni tushdan keyin qizi 100 rubl so‘rab, uydan chiqib ketgan. Jasadlar topilgan joy ularning uyiga ikki kilometr yaqinlikda joylashgan. Aytish joizki, qiz avval hech uyidan ketib qolmagan. 

Tojikistonli 19 yoshli yigit esa Sankt-Peterburgning Prosveshcheniya prospektida yashagani ma’lum bo‘ldi.

Qayd etilishicha, yigit va qizning tanasida zo‘ravonlik alomatlari topilmagan. Tergovchilar ular o‘z joniga qasd qilgan deya taxmin qilmoqda. 

Hozirda ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya

Baholaganlar

1321

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing