Rossiyada O‘zbekistondan olib kirilgan 20 tonna pomidor yo‘q qilindi. Nega?
Jamiyat
−
21 iyul 2021
25139Rossiyaning Chelyabinsk viloyatiga O‘zbekistondan olib borilgan 20,3 tonna pomidor kasallangani tufayli yo‘q qilindi. Bu haqda Rossiyaning veterinariya va fitosanitariya nazorati bo‘yicha federal xizmati (“Rosselxoznadzor”) xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 15 iyul kuni “Rosselxoznadzor”ning Chelyabinsk va Kurgan viloyatlari bo‘yicha ma’muriyati Chelyabinsk viloyatiga O‘zbekiston Respublikasidan olib kirilgan pomidorlarni Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining karantinli fitosanitariya nazoratidan o‘tkazish paytida mahsulotdan urug‘li jigarrang burishgan virusni aniqlagan.
Qayd etilishicha, buni “Markaziy ilmiy-metodik veterinariya laboratoriyasi” Federal davlat byudjet muassasasi xizmatiga bo‘ysungan Chelyabinsk sinov laboratoriyasida o‘tkazilgan ekspertiza tasdiqlagan.
“Rosselxoznadzor” ma’muriyati yuk egasiga uni olib kirishni taqiqlash to‘g‘risida buyruq chiqargan.
“Kasallangan pomidorni O‘zbekiston Respublikasiga qaytarish mumkin emasligi sababli, egasi tomonidan 20,3 tonna mahsulotni yo‘q qilish to‘g‘risida qaror qabul qilindi”, deyiladi xabarda.
Xabarga ko‘ra, yo‘q qilish Rossiya mansabdor shaxslari nazorati ostida amalga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, “Rosselxoznadzor” O‘zbekistonning Toshkent va Buxoro viloyatlaridan pomidor va qalampir olib kirishni vaqtinchalik taqiqladi.
LiveBarchasi