Rossiyada O‘zbekiston fuqarosi terrorizmni moliyalashda aybdor deb topildi

Olam

image
Xalqaro terrorizm indeksi e’lon qilindi. O‘zbekiston nechanchi o‘rinda? north_east

Xalqaro terrorizm indeksi e’lon qilindi. O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?

Novosibirskdagi Ikkinchi Sharqiy okrug harbiy sudi 28 yoshli o‘zbekistonlik M.S.ni (Rossiya Federatsiyasining terrorchilar va ekstremistlar ro‘yxatiga kiritilgan) terrorizmni moliyalashtirish ishi bo‘yicha 9 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar berdi.

Sud ayblanuvchi Rossiya Federatsiyasida terrorchi deb tan olingan xalqaro tashkilotni moliyalashtirish maqsadida keyinchalik ushbu tashkilot a’zosiga taqdim etish uchun o‘z tanishining hisob raqamiga mablag‘ o‘tkazganini aniqlagan.

Uning jinoiy faoliyati Rossiya Federal xavfsizlik xizmatining Novosibirsk viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan to‘xtatilgan. Sud S.ni 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qildi. Ushbu muddatning dastlabki 3 yili ozodlikdan mahrum qilish bo‘lsa, qolgani qattiq tartibli koloniyada o‘tattiriladi. Bundan tashqari, u 350 ming rubl miqdorida jarimaga tortildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Leningrad viloyatida taksichilik bilan shug‘ullanuvchi 26 yoshli o‘zbekistonlik migrant 16 yoshli qizni zo‘rlashda gumonlanayotgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya o'zbekistonlik terrorizmni moliyalashtirish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing