Rossiyada O‘zbekiston fuqarosi otib ketildi

Olam

image

Joriy yilning 17 yanvar kuni Rossiyaning Leningrad viloyati Kudrovo shahrida 19 yoshli O‘zbekiston fuqarosiga o‘q uzildi. Bu haqda 5-kanal xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, voqea 17 yanvar kuni kechqurun Leningrad viloyatining Kudrovo shahrida quruvchilar prospektidagi oziq-ovqat do‘konlaridan biriga yaqin joyda sodir bo‘lgan. Noma’lum shaxs 19 yoshli O‘zbekiston fuqarosini bo‘yin qismidan otib ketgan.

Shundan so‘ng, u Sankt-Peterburg shifoxonasiga bo‘ynidagi o‘q jarohati bilan yotqizilgan. 

“Jabrlanuvchi og‘ir ahvolda operatsiya xonasiga joylashtirilgan”, deyiladi xabarda.

Uning boshini o‘ng pariyetal mintaqasi ko‘kargan va bo‘ynida o‘q topilgan. Jabrlanuvchi zudlik bilan og‘ir ahvolda shahar Aleksandr shifoxonasiga yetkazilgan.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan tergov harakatlari boshlangan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida o‘zbekistonlik ishchi qurilishda 16-qavatdan qulab, halok bo‘lgandi. Hodisa joriy 13 yanvar kuni turarjoy majmuasi qurilish ob’ekti hududida sodir bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Leningrad

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing