Rossiyada “UzAutoMotors” avtomobillari yonib ketdi (video)

Olam

image
0:00
0:00
download

Ijtimoiy tarmoqlarda kecha, 12 dekabr kuni Chevrolet avtomobillarini olib ketayotgan avtotreylerning yonayotgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan “UzAutoMotors” AJ Matbuot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, voqea Rossiyaning Moskva viloyati hududida avtomobillarni mijozga olib o‘tish vaqtida yuz bergan. Barcha tashilgan avtomobillar sug‘urtalangan bo‘lib, ular rossiyalik mijozga tegishli bo‘lgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in Rossiya avtomobil tashuvchisiga tegishli avtotreylerning salonida sodir bo‘lgan. Keyin yong‘in avtomobillar bo‘lgan treylerga o‘tgan. Oqibatda 8 ta avtomobildan 3 tasi zarar ko‘rgan. Hech kim jabrlanmagan. 

Xabarga ko‘ra, hozirda zaruriy yong‘in-texnik ekspertizasi o‘tkazilib, yong‘inning kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1321

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing