Rossiyada uyushgan jinoiy guruhning o‘zbekistonlik yetakchisi qo‘lga olindi
3-sahifa
−
12 fevral 6576 2 daqiqa
Sankt-Peterburg sudi 2021-2023 yillarda giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullangan mintaqalararo jinoiy guruh bo‘linmasining gumon qilinayotgan rahbarini hibsga oldi. Ular orasida o‘zbekistonlik ham bor. Bu haqda shahar sudlarining birlashgan matbuot xizmati xabar berdi.
“Sankt-Peterburg shahrining Pushkin tuman sudi Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 210-moddasi 1-qismi (jinoiy uyushma tashkil etish), 30-moddasi 3-qismi – 228.1-moddasi 5-qismi (juda ko‘p miqdorda giyohvand moddalarni qonunga xilof ravishda o‘tkazishga suiqasd qilish, ikkita epizod), 30-moddasi 3-qismi – 228.1-moddasi 4-qismi “a” va “g” bandlarida (xuddi shunday, ko‘p miqdorda) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanayotgan Valeriy Kostilevga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini tanlash to‘g‘risida qaror chiqardi. Chora muddati – 9 aprel”, deyiladi xabarda.
Aniqlik kiritilishicha, ayblanuvchi 10 fevral kuni qo‘lga olingan. Sudda u uy qamog‘i yoki muayyan harakatlarni taqiqlash tarzidagi ehtiyot chorasini so‘ragan.
Ish materiallaridan ma’lum bo‘lishicha, tergov versiyasiga ko‘ra, Kostilev a’zo bo‘lgan jinoiy uyushma 2021 yil noyabridan 2023 yil martigacha Sankt-Peterburg, Moskva, Saratov, Moskva va Ivanovo viloyatlari, Krasnodar o‘lkasi va Rossiyaning boshqa hududlarida faoliyat yuritgan.
Ma’lum qilinishicha, uyushgan jinoiy guruh ishtirokchilari orasida O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari ham bor. Huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan giyohvand moddalar savdosining kamida 13 ta epizodi aniqlangan bo‘lib, ularni qo‘lga olish chog‘ida jami 32 kg gashish, 24 kg geroin, 5 kg metadon, 2 kg afyun, amfetamin va tetragidrokannabinol muomaladan olingan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Kostilev shaxsan gashish, geroin va metadonni sotishga uringan.
Live
Barchasi