Rossiyada urushga safarbar qilinmaydigan toifa kengaytirildi
Olam
−
14 Oktabr 2022
5124Rossiyada qaramog‘ida 16 yoshga to‘lmagan uch va undan ortiq farzandlari bo‘lgan fuqarolar uchun qisman safarbarlik muddati kechiktiriladi. Bu haqda Rossiya Davlat dumasi Mudofaa qo‘mitasi rahbari Andrey Kartapolov ma’lum qildi.
“Biz Mudofaa vazirligi bilan birgalikda uch va undan ortiq bolali (16 yoshgacha) oilalarga qisman safarbarlik muddatini kechiktirish masalasida ishladik. Bu qaror qabul qilindi va harbiy komissarliklarga yetkazildi”, deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, kechiktirish qaramog‘ida 18 yoshgacha bo‘lgan uch va undan ortiq farzandi bo‘lgan otalarga ham taalluqli, agarda bolalardan biri nogiron bo‘lib, palliativ maqomga (davolab bo‘lmaydigan kasallikka chalingan) ega bo‘lsa.
Eslatib o‘tamiz, 21 sentyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti mamlakatda qisman safarbarlik to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Mudofaa vaziri Sergey Shoyguning so‘zlariga ko‘ra, 300 ming kishi, birinchi navbatda, jangovar tajribaga ega va qo‘shinlar uchun zarur bo‘lgan harbiy ixtisosligi bo‘yicha rezervga chaqiriladi. Hozirda safarbarlik doirasida 200 mingdan ortiq kishi armiyaga chaqirilgan.
Shuningdek, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin 5 oktyabr kuni innovatsion ilmiy-texnika markazlari hududlarida hamda ma’naviy-ma’rifiy tashkilotlarda joylashgan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi va oliy ta’lim dasturlari, rezidentura, ordinatura stajirovkalari bo‘yicha o‘quv faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda hamda aspirantura talabalariga nisbatan qisman safarbarlikni kechiktirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
LiveBarchasi