Rossiyada urushga borgan abituriyentlarga qo‘shimcha ball berish taklif qilindi
Olam
−
30 iyun 2023
4471Rossiyada abituriyentlar Ukrainadagi urushda qatnashgani uchun oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirganlarida qo‘shimcha o‘n ball olishlari mumkin bo‘ladi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Ta’lim va fan vazirligining ta’lim standartlari portaliga joylashtirilgan hujjatda aytilgan.
“Abituriyentning shaxsiy yutuqlari, jumladan, harbiy xizmatni o‘tagani va ko‘ngillilar tarkibiga kirgani uchun beriladigan ballar yig‘indisi o‘n balldan oshmasligi kerak”, deyiladi vazirlik xabarida.
Urushda qatnashgan oliy o‘quv yurtlarida to‘lov asosida tahsil olayotgan talabalar esa 2023-2024 o‘quv yilida byudjetga o‘tishlari mumkin bo‘ladi.
Bir oy oldin vazirlik universitetlarga Ukrainadagi bosqin ishtirokchisi bo‘lgan talabalar yoki ularning oila a’zolari uchun ta’lim xarajatlarini kamaytirish, shuningdek, ularga moddiy yordam ko‘rsatishni tavsiya qilgan.
Bundan tashqari, jangovar faxriylar maqomiga ega bo‘lgan talabalar davlat ijtimoiy stipendiyasi olish huquqiga ega bo‘lib, ular o‘qish tugaguniga qadar to‘lanadi. Shu bilan birga, Oliy Iqtisodiyot maktabi urush ishtirokchilari, ularning farzandlari va yaqin qarindoshlarini bepul o‘qitishga va’da bergan.
LiveBarchasi