Rossiyada urushda qatnashishni istagan talabalarga akademik ta’til berilishi mumkin
Olam
−
18 may 2023
5204Rossiya Davlat Dumasi Ta’lim qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Yana Lantratova Ukraina urushida qatnashish istagini bildirgan talabalarga akademik ta’til berishni taklif qildi. Bu haqda RT telekanali xabar berdi.
Deputatning ta’kidlashicha, hozirda borgan sari ko‘proq rossiyalik talabalar Ukrainaga nisbatan bosqinda qatnashish uchun akademik ta’til olyapti. Biroq, ular buning uchun tibbiy, oilaviy yoki boshqa sabablar bilan ta’lim dasturini ikki yildan oshmaydigan muddatga o‘zlashtirishning iloji yo‘qligini keltirgan holda akademik ta’til olmoqda. Shunga ko‘ra, Lantratova urushda qatnashishni akdemik ta’til olish uchun asos bo‘luvchi omillardan biri sifatida belgilashni taklif qilmoqda.
Shuningdek, uning so‘zlariga ko‘ra, urush tugagunga qadar akademik ta’tilning ikki yillik chegarasini olib tashlash kerak.
“Yuqoridagilarga asoslanib, hurmatli Valeriy Nikolayevich (Rossiya Fan va oliy ta’lim vaziri), idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga ushbu o‘zgarishlarni kiritish va vazirlikning mazkur masala bo‘yicha pozitsiyasini taqdim etish imkoniyatini ko‘rib chiqishingizni so‘rayman”, deyiladi Lantratovaning vazirga yo‘llagan murojaatida.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Ukraina urushga “qo‘lida qurol tutishni bilmaydigan” askarlarni kiritayotganini iddao qilgan edi.
LiveBarchasi