Rossiyada Ukrainaning ikki josusi qo‘lga olindi. Ular ota-bola bo‘lgan

Olam

image

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati strategik ob’ektlar bo‘yicha ma’lumotlarni yig‘ayotgan Ukraina xavfsizlik xizmatining ikki agentini qo‘lga oldi. Bu haqda bugun, 2 dekabr kuni FXXning Jamoatchilik bilan aloqalar markazi xabar berdi. 

“Ukraina Xavfsizlik xizmatining ikki agenti – 1974 yilda tug‘ilgan Zinoviy Zinovevich Koval va uning o‘g‘li – 1999 yilda tug‘ilgan Igor Zinovevichni qo‘lga oldi. Qayd etilishicha, ular strategik muhim hayotni ta’minlash korxonalari va transport infratuzilmasi ob’ektlari haqida ma’lumot to‘plash va foto va video suratga olish uchun Rossiya hududiga kelganlar.

FXX ma’lumotlariga ko‘ra, “qo‘lga olinganlar ularni Ternopol viloyatidagi Ukraina xavfsizlik xizmatining amaldagi xodimi, 1973-yilda tug‘ilgan polkovnik Vasiliy Vasilevich Kovalik ishga yollaganini tan olishgan. Ularga 10 ming dollar mukofot evaziga strategik ob’ektlar haqida ma’lumot to‘plash vazifasini topshirilgan.

FXX, shuningdek, qo‘lga olinganlarning mashinasidan qurollar, shaxsiy himoya vositalari topilgani va ular ekspertiza uchun yuborilgani haqida xabar berdi. 

Hozirda qo‘shimcha tezkor-qidiruv tadbirlari o‘tkazilmoqda. 

FXX shuningdek, Rossiyada terakt tayyorlayotgan Ukraina harbiy razvedkasi agentini ham qo‘lga olgani aytilmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina

Baholaganlar

455

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing