Rossiyada o‘quvchi o‘zbekistonlik talabalar mamlakatga kiritiladimi? Elchixona bayonot berdi

Jamiyat

image

Rossiya Federatsiyasi Ta’lim va ilm-fan vazirining buyrug‘i bilan bugun, 8 fevraldan boshlab ushbu vazirlik huzuridagi oliy o‘quv yurtlarida kunduzgi o‘qish jarayoni boshlanyapti. Shu sababdan O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi fuqarolarga ogohlantirish bilan chiqdi.

“Ommaviy axborot vositalarida Rossiya tomonining an’anaviy o‘qish shaklini boshlash to‘g‘risida xabarlar tarqalgandan so‘ng Rossiyaga qaytish istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik talabalarning turli soxta hujjatlar, shu jumladan, chegarani kesib o‘tishda yordam berish uchun RF oliy o‘quv yurtlari nomidan soxta taklif xatlari tayyorlashga ixtisoslashgan shubhali shaxslarga murojaat qilish holatlari uchramoqda.

Bundan tashqari, ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda O‘zbekistondan Rossiyaga charter reysiga talabalar ro‘yxati tuzilayotgani haqidagi ma’lumotlar tarqalmoqdaki, bu Rossiya Hukumatining 2020 yil 16 martdagi 635-r-sonli “Rossiya Federatsiyasiga xorijiy fuqarolari va fuqaroligi yo‘q shaxslar kirishini vaqtincha cheklash hamda vizalar va takliflarni rasmiylashtirishni vaqtincha to‘xtatish haqida”gi qarori talablariga zid. Hozirgi vaqtda Rossiya oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar Rossiya Federatsiyasi hududiga to‘sqinliklarsiz kirish huquqiga ega fuqarolar tasnifiga kirmaydi”, deyiladi bayonotda.

Shu sababdan Rossiya xalqaro aeroportlariga charter reyslari bilan kelgan O‘zbekiston fuqarolari chegarani kesib o‘tishda va tasdiqlovchi hujjatlar yuzasidan muammrlarga duch kelishlari mumkin.

“Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, shubhali shaxslarning ta’siriga tushib qolmaslik va aldanib qolmaslik, Rossiya hududiga kirishda rad javobi olmaslik uchun hamda charter reyslari tashkilotchilari va aviatashuvchilar bila sud jarayonlarining oldini olish maqsadida, oliy o‘quv yurtlari xalqaro bo‘limlari bilan doimiy ravishda aloqada bo‘lib turish va chegaralar ochilgunga qadar masofaviy ta’limni davom ettirish so‘raladi”, deya talabalarga murojaat qilgan elchixona.

Qayd etilishicha ta’limni davom ettirish uchun Rossiyaga kelish imkoniyati haqidagi axborotlar tezkor ravishda elchixonaninig rasmiy sahifalarida joylashtirib boriladi:

Call-markaz: +7-499 230-00-76, +7-499 238-36-20

Veb-sayt: www.uzembassy.ru


Maqola muallifi

Teglar

talaba elchixona

Baholaganlar

122

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing