Rossiyada o‘quvchi qiz bilan jinsiy aloqa qilgan o‘zbekistonlik jazolandi

Olam

image

Rossiyaning Tula viloyatida o‘quvchi qiz bilan jinsiy aloqada bo‘lgan o‘zbekistonlik taksi haydovchisi 400 soatlik jamoat ishlariga hukm qilindi. Bu haqda “Tulapressa” xabar berdi.

Sud hujjatiga ko‘ra, voqea joriy yilning may oyida sodir bo‘lgan. Erkak qizni mashinasiga mindirgan va ular yo‘lda tunda uchrashishga kelishib olgan. Shundan so‘ng erkak va qiz o‘zaro kelishuv asosida ijaradagi kvartirada bir necha marta jinsiy aloqada bo‘lgan. Biroq keyinroq ma’lum bo‘lishicha, qiz 16 yoshga to‘lmagan. Bu esa jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Qiz sog‘lig‘ining keskin yomonlashishini his qilmaguncha sodir bo‘lgan voqea haqida hech kimga aytmagan. Shifokorga borgan maktab o‘quvchisi oxir-oqibat onasiga nima bo‘lganini aytib bergan.

Taksi haydovchisi sudda aybini tan olgan. Shu tariqa sud uni aybdor deb topgan va 400 soatlik jamoat ishlariga hukm qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Sverdlovsk viloyati Chkalov tuman sudi voyaga yetmagan qizni o‘g‘irlashda ayblanayotgan O‘zbekiston fuqarosini hibsga olish to‘g‘risida qaror chiqargandi. U 14 yoshli qizni Yekaterinburgdan Chelyabinsk shahriga olib ketgan. Qiz ikki hafta davomida qidiruvda bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Tula

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing