Rossiyada yosh qizni o‘g‘irlagan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi

Olam

image

Kecha, 19 iyun kuni Rossiyaning Sverdlovsk viloyati Chkalov tuman sudi voyaga yetmagan qizni o‘g‘irlashda ayblanayotgan O‘zbekiston fuqarosini hibsga olish to‘g‘risida qaror chiqardi. Bu haqda viloyat sudi xabar berdi.

Sud qarorida aytilishicha, O‘zbekiston fuqarosiga nisbatan Rossiya Jinoyat kodeksining 126-moddasi 2-qismi “d” bandi (voyaga yetmagan shaxsni o‘g‘irlash) bo‘yicha ayblov e’lon qilingan. Sud tergovchining iltimosnomasini qanoatlantirib, unga nisbatan 1 oy 30 kun muddatga, ya’ni 15 avgustgacha hibsga olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llagan.

Mahalliy OAVning xabariga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarosi 14 yoshli qizni Yekaterinburgdan Chelyabinsk shahriga olib ketgan. Qiz ikki hafta davomida qidiruvda bo‘lgan. 

Rossiya Tergov qo‘mitasi rahbari Aleksandr Bastrikin holatni shaxsan nazoratga olib, Sverdlovsk viloyati bo‘yicha qo‘mita boshlig‘i Bogdan Fransishkoga jinoyat ishining tergovi va aniqlangan tafsilotlar haqida hisobot berishni topshirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida politsiya xodimlari 15 yoshli maktab o‘quvchisiga tajovuz qilishda gumonlangan O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga olgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing