Rossiyada o‘g‘irlangan avtomobil Toshkentda topildi

Jamiyat

image

Rossiya Federatsiyasida o‘g‘irlangan avtomobil Toshkentdagi G‘isht-Ko‘prik bojxona chegara postida topildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ishchi ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda. 
 
Joriy yilning 1 mart kuni Davlat bojxona qo‘mitasi xodimlari  tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida Toshkent tumanidagi “G‘isht-Ko‘prik” bojxona chegara postida Hyundai Solaris rusumli avtomashina to‘xtatib tekshirilgan. Xodimlar tomonidan ushbu avtomashina Rossiya Federatsiyasidan o‘g‘irlanganligi aniqlangan va avtomashinani boshqarib ketayotgan A.G‘. qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligiga xabar berilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
 


Maqola muallifi

Teglar

O'g'irlik

Baholaganlar

137

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing