Rossiyada uch kishini o‘ldirgan ikki o‘zbekistonlikka sud hukmi o‘qildi

Olam

image

Rossiyaning Kaliningrad viloyatida uch kishini o‘ldirishda ayblangan o‘zbekistonliklarga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

Nashrning yozishicha, 2022 yil dekabr oyida ikki o‘zbekistonlik Kaliningrad viloyati Gurev tumani Nevskoye qishlog‘ida yashovchi fuqaroni talon-toroj qilishga uringan. Buning uchun ular migratsiya hujjatlarini rasmiylashtirishda yordam berish bahonasida uning uyiga kirgan.

O‘zbekistonliklardan biri 58 yoshli uy egasini pichoqlab, uning 81 yoshli onasi va uyda bo‘lgan 55 yoshli mahalliy fuqaroni o‘ldirgan. Ular uydan 65 ming rublni o‘g‘irlab, qochib ketgan. O‘zbekistonliklar Rossiya Jinoyat kodeksining 162-moddasi 4-qism “v” bandi (bosqinchilik) va 105-moddasi “a” va “z” bandlari (bosqinchilik bilan bog‘liq holda uchtagacha odamni qasddan o‘ldirish) bilan aybdor deb topilgan.

Sud o‘zbekistonliklarning biriga 23 yil, ikkinchisiga esa 17 yilga qamoq jazosi tayinlagan va jazoni qat’iy tartibli koloniyada o‘tashi belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada jurnalistni zo‘rlagan o‘zbekistonliklarga sud hukmi o‘qilgani haqida xabar berilgandi. Ikki nafar ayblanuvchi 9 yillik, uchinchi shaxs esa 4 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan. Ular jazo muddatini umumiy tartibdagi koloniyada o‘tashi belgilangan.

Mohimbegim Ma’rufaliyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya o'zbekistonlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing