Rossiyada to‘rt o‘zbekistonlik YTHga uchradi
3-sahifa
−
17 may 2023
13239Rossiyaning Moskva va Sankt-Peterburg shaharlari oralig‘idagi M-11 trassasida O‘zbekiston fuqarolari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda “78.ru” nashri xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa joriy yilning 15 may kuni ertalab trassaning 641-kilometrida yuz bergan. Bir nechta avtomobil ishtirokidagi avtohalokatda to‘rt nafar O‘zbekiston fuqarosi jabrlangan. Ulardan ikki nafarining ahvoli og‘ir ekani aytilmoqda.
Taxminlarga ko‘ra, avtohalokatga tezlik me’yoriga amal qilmaslik va oraliq masofani saqlamaslik sabab bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 3 aprel kuni Rossiyaning Saratov viloyatida ichida besh nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan avtomobil ag‘darilib ketgan edi. Oqibatda 3 kishi jabrlanib, shifoxonaga yotqizilgandi.
LiveBarchasi