Rossiyada terrorchilik harakatlari rekord darajada ko‘paydi

Olam

image

Rossiyada 2025 yilning yanvar–sentyabr oylarida 4 467 ta “terrorchilik jinoyati” qayd etildi. Bu so‘nggi yillardagi eng yuqori ko‘rsatkich sanaladi. Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirligi hujjatlariga tayanib, TASS agentligi xabar berdi.

Keltirilishicha, 2025 yilning to‘qqiz oyida Rossiya Ichki ishlar vazirligi 4500 ga yaqin terrorchilik jinoyatini qayd etgan. Bu ko‘rsatgich o‘tgan yilgi statistika bilan solishtirganda keskin o‘sganini ko‘rsatadi.

Taqqoslash uchun, Rossiya Ichki ishlar vazirligi 2024 yilning shu davrida 2600 ta shunday jinoyatni qayd etgan. 2023 yilning yanvaridan sentyabriga qadar ularning soni 1713 tani tashkil etgan. 2022 yilning birinchi to‘qqiz oyida 1818 ta jinoiy harakatlar qayd etilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, statistikaga nafaqat tayyorlangan yoki sodir etilgan terrorchilik harakatlari, balki terrorchilik faoliyatiga ko‘mak berish, ommaviy chaqiriqlar, moliyalashtirish, garovga olish, terrorchi guruh tashkil etish va unga a’zolik kabi holatlari ham kiritiladi.

Shuningdek, Rossiya Jinoyat kodeksida “ekstremistik xarakterdagi jinoyatlar” siyosiy, mafkuraviy, diniy yoki milliy adovat asosidagi harakatlar hamda ijtimoiy guruhlarga nisbatan nafrat uyg‘otishga qaratilgan jinoyatlarni o‘z ichiga oladi.

Rossiyada har oy 300 kishi “terrorchi” va “ekstremist” deb e’lon qilinadi. 2025 yil oktyabr oyi oxiriga kelib Rosfinmonitoringning “terrorchilar va ekstremistlar” reyestrida 18 771 kishi qayd etilgan.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Rossiya Ukrainaga qarshi urush boshlagandan so‘ng ro‘yxatdagi shaxslar soni ikki baravar oshgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Ichki ishlar vazirligining “qora ro‘yxati”dan 160 mingga yaqin O‘zbekiston fuqarosi chiqarilganligi haqida xabar qilingandi.

Komila Qobilova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya terrorchilik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing