Rossiyada terakt tayyorlayotgan 17 yoshli o‘smir qo‘lga olindi

Olam

image

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Tambovda terakt tayyorlayotgan o‘spirinni hibsga olish yo‘li bilan teraktning oldini oldi. Bu haqda TASSga bugun, 25 dekabr kuni Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Jamoatchilik bilan aloqalar markazi xabar berdi.

“Federal xavfsizlik xizmati Tambovda terroristik harakatning oldini oldi. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni tayyorlashda ishtirok etgan 2003 yilda tug‘ilgan Rossiya fuqarosi hibsga olindi”, - deyiladi xabarda.

Yigit ijaraga olgan kvartiradan FSB xodimlari portlovchi moddalar, qo‘lbola portlovchi moslama yasash uchun tarkibiy qismlar, uni yig‘ish va ishlatish bo‘yicha Internet yo‘riqnomasini o‘z ichiga olgan aloqa uskunalarini musodara qilgan. O‘smirga nisbatan Rossiya Tergov qo‘mitasining Tambov viloyati bo‘yicha Tergov departamenti Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 205-moddasi (terroristik harakatga tayyorgarlik ko‘rish) 1-qismi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘agan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Terakt

Baholaganlar

179

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing