Rossiyada temir yo‘l portlatildi (video)

Olam

image

Rossiyaning Bryansk viloyatining Unecha tumanidan o‘tgan temir yo‘l portlatilishi oqibatida yuk poyezdi izdan chiqib ketdi. Bu haqda “Meduza” xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, mahalliy Telegram-kanallarda voqea joyidan olingan tasvirlar tarqalmoqda. Unda Bryansk-Unecha uchastkasining 136-kilometrida portlash sodir bo‘lgani aytiladi. Viloyat gubernatori Aleksandr Bogomazning aytishicha, yuk poyezdining lokomotivi relsdan chiqib ketgan. Hodisa oqibatida hech kim jarohat olmagani, yo‘lning shu qismida harakat vaqtinchalik to‘xtatilgani ma’lum qilingan. 

Ba’zi manbalarda aytilishicha, poyezdning nafaqat lokomotivi, balki neft mahsulotlari va yog‘och tashiydigan yuk vagonlaridan yetti-sakkiztasi ham izdan chiqib ketgan. Halokatdan so‘ng yong‘in sodir bo‘lgan. 

Ukraina urushi boshlanganidan so‘ng Rossiya maxsus xizmatlari temir yo‘llarda diversiya tayyorlashda gumon qilinganlarning hibsga olinishi haqida bir necha marta ma’lumot bergan. Hisobotlarga ko‘ra, Rossiyada temir yo‘llardagi sabotaj ishlari bo‘yicha 65 dan ortiq odam ushlangan. Ularning uchdan bir qismini voyaga yetmaganlar tashkil etgan.

Ma’lumot uchun, Bryansk viloyatining Ukraina bilan 471 kilometrlik umumiy chegarasi mavjud.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya temir yo'l Bryansk

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made