TIV: Rossiyada sodir bo‘lgan YTHda o‘zbekistonliklar halok bo‘lishmagan
Jamiyat
−
07 mart 2019
4209Shu yilning 6 mart kuni bir qator xorijiy va milliy OAVda Rossiyaning Stavropol o‘lkasi, Kochubeyevskiy tumanida yuz bergan yo‘l-transport hodisasida go‘yoki 6 nafar O‘zbekiston fuqarosining halok bo‘lgani haqida ma’lumotlar e’lon qilindi.
O‘zbekiston Tashqi ishlari vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, jabrlanganlarga konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatish uchun O‘zbekistonning Rossiyadagi Elchixonasi konsullik bo‘limi tezda o‘lka va tuman davlat tuzilmalari vakillari bilan bog‘lanishgan va sodir bo‘lgan YTHda qurbon bo‘lganlar orasida O‘zbekiston fuqarolarining yo‘qligi to‘g‘risidagi rasmiy xabarni olgan.
LiveBarchasi