Rossiyada samolyot quladi. Qurbonlar bor

Olam

image

Rossiyaning Leningrad viloyati Lomonosov tumanidagi “Gostilitsi” qishlog‘i yaqinida yengil motorli Piper samolyoti qulab tushdi, deb xabar berdi TASS agentligiga favqulodda manbalar.

“Samolyot parvoz paytida qulab tushdi. Bortdagi uch kishi halok bo‘ldi”, deydi manba.

Unga ko‘ra samolyot butunlay vayron bo‘lgan. Voqea sababi uchuvchilarning xatosi va texnik nosozlik bo‘lishi mumkin. O‘lganlar orasida ikki erkak va bir ayol bor.

Favqulodda xizmatlar samolyot xususiy ekanligiga ham aniqlik kiritgan. 

“Gostilitsi” qishlog‘idagi aerodrom hududida xususiy samolyot qulab tushdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, aerodrom hududida o‘quv reyslari amalga oshirildi”, deb aytgan manba.

Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi voqea haqidagi ma’lumotni tasdiqladi. Matbuot xizmatining ta’kidlashicha Mi-8 voqea joyiga shimoli-g‘arbiy mintaqaviy qidiruv-qutqaruv guruhi qutqaruvchilari bilan birga uchgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

514

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing