Rossiyada prezidentlikka nomzodlar soni 29 nafarga yetdi

Olam

image

Bo‘lajak saylovlarda Rossiya Federatsiyasi prezidentligiga nomzod sifatida ko‘rsatish uchun nomzodlar soni allaqachon 29 nafarga yetdi. Bu haqda komissiya rahbari Ella Pamfilova Rossiya Federatsiyasi Markaziy saylov komissiyasi (MSK) yig‘ilishida ma’lum qildi.

“Hozirda ko‘plab hamkasblarimiz nomzodlar qurultoyiga boradilar, ularning soni 29 taga yetdi”, degan u.

Pamfilovaning qayd etishicha, deputatlikka nomzodlar ko‘rsatish jarayoni boshlanishi munosabati bilan Markaziy saylov komissiyasi bugun bo‘lgani kabi jadvaldan tashqari yig‘ilishlar o‘tkazadi. MSK raisining aytishicha, navbatdagi yig‘ilishlar 27 va 29 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti saylovi to‘g‘risidagi qonunga ko‘ra, o‘z-o‘zini ko‘rsatgan nomzodlar saylovchilar guruhi tomonidan yig‘ilishda qo‘llab-quvvatlanishi kerak. Bunday uchrashuvlar haqida MSK oldindan xabardor qilinishi lozim. Nomzodini ko‘rsatgan partiyalar uchun hujjatlarni topshirish muddati 27 dekabr. Barcha siyosiy partiyalar qurultoylarida o‘z nomzodlarini ko‘rsatishlari mumkin, parlamentdagi partiyalardan nomzodlar esa imzo to‘plashdan ozod qilingan. Partiyalardan nomzodlar 1 yanvardan kechiktirmay MSKga nomzod ko‘rsatish hujjatlarini taqdim etishlari kerakligi qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 11 dekabr kuni Rossiya Ukrainaning bosib olingan hududlarida ham saylov o‘tkazishga qaror qilgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya saylov Markaziy saylov komissiyasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing