Rossiyada portlashdan jabr ko‘rgan andijonlik ona va bolaga yordam ko‘rsatildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Rossiya Federatsiyasining Penza shahrida portlashdan jabr ko‘rgan ona va bolaga yordam ko‘rsatilmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 28 fevralida Rossiya Federatsiyasi Penza shahrida andijonlik fuqaro M.B. 3 yoshli farzandi S.N.ni qarovsiz qolmasligi uchun ishxonasiga birga olib boradi. Shu kuni M.B.ning ishxonasida gaz balloni portlashi oqibatida ona-bola turli darajadagi kuyish jarohatini oladi va shifoxonaga yotqiziladi.

Qayd etilishicha, fuqaroning yaqinlari Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga yordam so‘rab murojaat qilgan.

Agentlik tomonidan zarur chora-tadbirlar ko‘rilishi natijasida:

ish beruvchidan 150 ming rubl miqdorida kompensatsiya undirib berilgan;

oilaviy ahvoli inobatga olinib, Andijon viloyati hokimligi tomonidan 15 million so‘m moddiy yordam puli ajratilgan;

tibbiy xizmat sifatini yaxshilash maqsadida O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi bilan birgalikda Penza viloyati gubernatori bilan muzokaralar olib borilib, 17 mart kuni maxsus vertolyot yordamida Nijniy Novgorod shahridagi kuyish markaziga ko‘chirilgan;

fuqaroga yetkazilgan zararni sug‘urta kompaniyasi va ish beruvchidan undirish maqsadida “Pravovoy sovetnik” MCHJdan advokat yollanib, huquqiy choralar ko‘rilmoqda.

M.B.ning farzandi salomatligi barqarorlashgani sababli 18 may kuni Xalqaro migratsiya tashkiloti bilan hamkorlikda yaqin qarindoshi hamrohligida O‘zbekistonga qaytarilgan.

Ayni paytda M.B. homiylar ko‘magida Nijniy Novgorod shahridagi maxsus shifoxonada davolanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon Migrant

Baholaganlar

160

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing