Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan bola O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat
−
13 may
2018Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan va voyaga yetmagan bola O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bola Rossiya Ichki ishlar vazirligi xodimlari hamrohligida olib kelingan.
Voyaga yetmagan fuqaro Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi huzuridagi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga vaqtincha joylashtirilgan. Bolani ota tarafdagi oilasi kutib olgan.
“Voyaga yetmagan fuqaro uchun ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ishlari uning doimiy yashash joyida davom ettiriladi”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, shu kunga qadar jami 54 nafar voyaga yetmagan fuqaro turli mamlakatlardan O‘zbekistonga qaytarilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston hududida baxtsiz hodisa tufayli onasidan mahrum bo‘lgan qiz O‘zbekistonga qaytarilgan edi.
LiveBarchasi