Rossiyada “Osiyo bolalari” II qishki o‘yinlari boshlandi

Sport

image

Rossiya Federatsiyasining Kuzbass shahrida “Osiyo bolalari” II qishki o‘yinlari start oldi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi (MOQ) matbuot xizmati xabar berdi.

Musobaqada 12 davlatdan 19 jamoa, jumladan, O‘zbekiston delegatsiyasi ham g‘oliblik uchun bahs olib boryapti.

O‘zbekiston delegatsiyasi musobaqada figurali uchish va xokkey sport turlarida ishtirok etmoqda. Ayni paytga kelib, figurali uchish bo‘yicha yigitlar o‘rtasidagi bahslar yakunlandi. Unda ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilar Timur Zvyagin 15-pog‘onani qayd etdi. Qizlar o‘rtasida Amaliya Sulaymonova va Sofiya Vidrina qisqa dasturda 16 va 18-o‘rinda ketmoqda. Ertaga ular erkin dasturdagi chiqishlarini namoyish etadi.

Xokkeychilar esa musobaqadan oldingi tayyorgarlik bosqichida Kemerovo jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvida qatnashib, 7:5 hisobida g‘alaba qozondi. Musobaqaning II divizionidan joy olgan O‘zbekiston vakillari ertaga saralashdagi ishtirokini boshlaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Osiyo bolalari qishki o'yinlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar